AsosiyJamiyat

IT Park rezidentlari uchun faoliyat ro`yxati kengaytirildi

'IT Park rezidentlari uchun faoliyat ro`yxati kengaytirildi'ning rasmi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro`yxatiga qo`shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda IT Park matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, IT Park rezidentlari quyidagi xizmatlarni ko`rsatish huquqiga ega:

• multimedia va dizayn (veb-dizayn, grafik dizayn, kompyuter o`yinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D grafika, vizualizasiya dizayni, moushen dizayni);

• multfilm mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• axborot texnologiyalari va akselerasiya dasturlarini amalga oshirish sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirish;
• kibersport sohasidagi xizmatlar.

Yangi faoliyat turlariga muvofiq IT Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

— axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish va akselerasiya dasturlarini amalga oshirish uchun — yuridik shaxslar IT Park yoki uning filiallari hududida ro`yxatdan o`tgan bo`lishi va yuridik manzilda joylashgan bo`lishi kerak;

— kibersport sohasida xizmatlar ko`rsatish uchun yuridik shaxslar IT Park tomonidan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha xalqaro sertifikatga ega bo`lishi kerak.

Yangi faoliyat turlari axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko`paytirishi, yoshlarning multimedia, dizayn, animasiya, kibersport bo`yicha bilimlarini rivojlantirishga hissa qo`shishi, shuningdek, startaplarni moliyalashtirish va qo`llab-quvvatlashga yordam berishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar