AsosiyDunyo

2024 yilda 50 dan ortiq mamlakatda saylovlari bo`lib o`tadi

'2024 yilda 50 dan ortiq mamlakatda saylovlari bo`lib o`tadi'ning rasmi

2024 yilda dunyo aholisining deyarli yarmi saylovga boradi – 50 dan ortiq mamlakatda prezident yoki parlament saylovlari bo`lib o`tadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.

Eng katta saylovlar Hindistonda – aholisi 1,4 mlrd bo`lgan mamlakatda saylovchilar soni 945 million kishini tashkil etadi.

EIning 27 ta davlatida ham prezident yoki parlament saylovlari bo`lib o`tadi va ularda 447 million aholi ishtirok etadi.

BRICS a`zolari Rossiya, Janubiy Afrika va Eronda o`tkaziladigan saylovlarda 293 million kishi ishtirok etadi.

AQSh, Janubiy Koreya, Meksika va Indoneziyada ham saylovlar bo`lib o`tadi.

“Eng kichik” saylovlar esa Tuvaluda bo`ladi – u erda 11 mingga yaqin odam yashaydi.

    Boshqa yangiliklar