Yaponiya g`arbidagi Ishikava prefekturasida sodir bo`lgan ketma-ket zilzila qurbonlari soni 92 kishiga etdi.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 1- 4 yanvar kunlari Ishikava prefekturasining shimoliy qismini tashkil etuvchi Noto yarim orolida, shuningdek, qirg`oqlarda 4 dan 7 ballgacha bo`lgan qator zilzilalar sodir bo`lgan.
5 yanvar kuni yarimorolda navbatdagi silkinishlar ro`y berdi: mahalliy vaqt bilan soat 00:04 da 4,4 magnitudali, 08:06 da 4 ball, 09:27 da 4,1 va 09:39 da 4,2 magnitudali er silkinishlari davom etmoqda.
Ishikava prefekturasi gubernatorligining ma`lum qilishicha, zilzilalar oqibatida 300 dan ortiq kishi jarohatlangan, ularning barchasi davolanmoqda.
Mintaqada 40 dan ortiq odam vayronalar ostida qolgan. Prefekturadagi 165 ta maktab va boshqa muassasalarga qisman zarar etgan.
Noto yarim orolida davom etayotgan kuchli yomg`ir ko`chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. Odamlardan tog` yonbag`irlaridan uzoqroq turish so`ralgan.
Zilzilalardan so`ng yo`llar vayron bo`ldi, 30 ming xonadon uzluksiz elektr energiyasiz, 80 ming xonadon suvsiz qoldi. 240 dan ortiq odam bedarak yo`qolganlar ro`yxatida.
Hukumat qaroriga ko`ra, mintaqaga qidiruv-qutqaruv ishlari uchun yuborilgan Yaponiya o`zini-o`zi mudofaa kuchlari xodimlari soni 4600 nafarga ko`paytirildi. Vertolyotlar safarbar etilgan.
05.01.2024 14:01
Yaponiyada sodir bo`lgan zilzila qurbonlari soni 92 kishiga etdi






