AsosiyDunyo

Qozog`istonda korrupsionerlar puliga 43 ta maktab qurildi

'Qozog`istonda korrupsionerlar puliga 43 ta maktab qurildi'ning rasmi

2023 yilda Qozog`istonda korrupsionerlardan tortib olingan mablag`lar evaziga 43 ta maktab qurildi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, mazkur tadbir davlat rahbari Qosim-Jomart To`qaevning topshirig`iga ko`ra amalga oshirilgan.

Yangi ta`lim muassasalarining aksariyati Olmaota va Turkiston viloyatlarida – har birida 8 tadan maktab, shuningdek, Ostonada (10 ta) ochilgan.

Qurilish ishlari mamlakatdagi korrupsionerlarning mablag`lari yig`iladigan jamg`arma tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur jamg`arma 2022 yilning dekabr oyida tashkil etilganidan buyon korrupsiyaga qo`l urgan odamlardan 151,6 milliard tengedan (330 million dollar) ko`proq mablag undirgan.

Uning vazifalariga uch smenali ta`limni yo`q qilish, favqulodda ta`lim muassasalari muammolarini hal qilish, maktablar, o`quv markazlari va maktab-internatlari uchun binolar qurish va rekonstruksiya qilish kabilar kiradi.

    Boshqa yangiliklar