AsosiyDunyo

Turkiyada interpol izlayotgan qo`shmachi “Madam Klod” laqabli o`zbekistonlik ayol ushlandi(video)

'Turkiyada interpol izlayotgan qo`shmachi “Madam Klod” laqabli o`zbekistonlik ayol ushlandi(video)'ning rasmi

Turkiyaning Chanakkale shahrida fohishalik uyushtirgani va O`zbekistondan qizlarni Turkiyadagi fohishaxonalarga etkazib bergani uchun Interpol tomonidan qizil ogohlantirish bilan qidiruvga berilgan “Madam Klod” laqabli O`zbekiston fuqarosi Nilufar Mirxonova qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Ma`lum bo`lishicha, Klod xonim 15 kun oldin Turkiya fuqaroligini olish uchun turkiyalik do`kondor M.Shga turmushga chiqqan, kuyovbola esa sodir bo`lgan ishdan hayratda.

"Biz u bilan ancha vaqtdan beri birga edik, men shokdaman. Men uning Interpol tomonidan qidiruvda ekanligini bilmasdim, biz yozda to`y qilmoqchi bo`lib turgandik", deydi turkiyalik erkak.

    Boshqa yangiliklar