JCh-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - O`zbekiston uchrashuvidan oldin “Tottenxem” klubi hujumchisi Son Xen Min o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
“Biz barchamiz O`zbekiston bilan qanchalik muhim ekanligini tushunib turibmiz. O`zbekiston yaxshi jamoa, aynan shu sababli ular ikkinchi pog`onada borishmoqda. Bu bosqichda kuchsiz raqibning o`zi yo`q.
Shu bois, O`zbekiston bilan o`yin qiyin bo`ladi. Agar g`alaba qozonsak o`zimiz uchun vaziyatni yaxshilab olamiz. Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz”, - deydi Son Xen Min Reuters axborot agentligiga.





