AsosiyDunyo

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 161 nafarga etdi, yana 103 kishi bedarak yo`qolgan

'Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 161 nafarga etdi, yana 103 kishi bedarak yo`qolgan'ning rasmi

Yaponiyaning Ishikava prefekturasining Noto yarim oroli hududida sodir bo`lgan zilzilalar oqibatida qurbon bo`lganlar soni 161 kishiga etdi, 103 kishi bedarak yo`qolgan, deb xabar bermoqda Kdo.

1 yanvar kuni Yaponiyada bir necha zilzila sodir bo`ldi. Eng kuchlisining magnitudasi 7,6 ni tashkil etdi. Qurbonlar soni 2016 yildan beri birinchi marta 100 dan oshdi. 600 ga yaqin odam jarohatlangan.

Yo`llar va ko`priklarni vayron qilgan zilzilalar tufayli 2,3 mingdan ortiq kishi aloqadan uzilgan. Bir necha hududlarda sunami yuz berdi: qirg`oqdagi to`lqin balandligi 4,2 metrni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar