AsosiyJamiyat

⚡️Munisa Rizaeva Abror Muxtor Aliyni sudga bermoqchi (video)

'⚡️Munisa Rizaeva Abror Muxtor Aliyni sudga bermoqchi (video)'ning rasmi

Taniqli xonanda Munisa Rizaeva diniy bloger Abror Muxtor Aliyni sudga bermoqchi ekanini bildirdi. Bunga blogerning Munisa Rizaeva va uning turmush o`rtog`i haqida gapirgan gaplari sabab bo`lgan. 

"Hali bitta artistni ko`rsatdi. U go`yoki bitta katta anaqani amalga oshirgandek, shunga er topib berishdi degan targ`ibotni qilishdi. Er topib bergan emish. Keyin u erni sunnat qilindi, anaqa qilindi. U yaxshi taqvodorakan deyildi. Qatta? Gostnisada shampanskiyni qo`yib qo`yib ular to`ydan keyin nima ishlarni qib yuribdi. Bu nima uchun qilinyapti? Pul uchun qilinyapti", - degan audioyozuvda Abror Muxtor Aliy. 

"Hamma kommentariyalarni ko`ryapman. Men hozir sayohatdaman. Kayfiyatim judayam yaxshi. Xudo xohlasa Toshkentga kelganimdan keyin albatta chora ko`raman. Va 3 yil oldin meni rosa g`iybat qilib, so`kkan shu odam. Endi javob beradilar gaplariga. Hamma videolari bor isbotlari bilan. Ko`rishamiz, gaplashamiz", - degan xonanda Munisa Rizaeva.

    Boshqa yangiliklar