AsosiyDunyo

Avstraliyada baliqni nayzada ovlagan erkak jazolandi

'Avstraliyada baliqni nayzada ovlagan erkak jazolandi'ning rasmi

Avstraliyada erkak himoyalangan baliq turini ovlagani uchun ikki marta jarimaga tortildi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Voqea Kronulla (Sidney) shahridagi Oak bog`ida sodir bo`ldi. Guvohlar polisiyaga suv kiyimi kiygan, qo`lida nayzali qurol tutgan yigit qoyalilar oilasiga mansub ko`k rangli baliqlarni ko`tarib yurganini aytishgan. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzar bilan gaplashgan, biroq baliq go`shtini topmagan. 

Avstraliyalik erkak baliq ovlashda qarmoq ishlatmagani uchun 500 dollar jarimaga tortildi. NSV Fisheries keyinchalik erkakning taqiqlangan hududda baliq ovlagani uchun yana 300 dollar to`lashni talab qildi.

    Boshqa yangiliklar