1

Muqanna milliy qahramonmi?

Mutolaa 08.01.2024, 23:00
Muqanna milliy qahramonmi?

Har bir xalq o`zining milliy qahramonlari bilan faxrlanadi. Vatanimiz tarixida ham jasoratli bahodirlar ko`p o`tgan. Ammo, afsuski, ular orasida turli davru davronlar, evrilishlar tufayli, mavjud siyosiy qarashlar nuqtai nazaridan “yaratilgan” qahramonlar, soxta “erkparvar fidoyilar” ham yuzaga kelgan. Ulardan biri Muqanna nomi bilan xalq ichida tanilgan Hoshim ibn Hakimdir.

Ma`lumki, sobiq sovet mafkurasi xalqlar tarixini siyosiylashtirishga qaratilgan edi. Mafkura talabi bilan millatning asl farzandlari chetga surilib, aksariyat hollarda xoinlar, o`z millatiga, diniga, xalqiga qarshi bosh ko`targan soxta “qahramonlar” yaratilgandi.

Sovet hukmronligi yillarida diniy qadriyatlar oyoqosti qilindi. Din xalq uchun afyun ekani ochiq-oshkora targ`ib qilindi. Tarixda yashab o`tgan, o`zining bema`ni da`volari, shafqatsizligi, maishatparastligi bilan dong taratgan Hoshim ibn Hakim “erk va ozodlik kurashchisi”ga aylandi. U haqida she`rlar, dostonlar yaratildi. Afsuski, bugungi kunda ham ko`pchilik uni yurtimiz, vatanimiz ozodligi uchun kurashgan, arab bosqinchilariga qaqshatqich zarba bergan yurtparvar sifatida biladi. Aksincha, hanuzgacha uning xalqimizga na jug`rofiy, na milliy, na diniy jihatdan aloqasi borligi haqida deyarli gapirilmaydi.

“Buxoro tarixi” asarining muallifi Abu Bakr an-Narshaxiy Muqanna va uning faoliyati haqida eng ishonchli tafsilotlarni yozib qoldirgan tarixchilardan biridir. Unda yozilishicha, Muqanna Marv (Hozirgi Turkmaniston) yaqinidagi Koza qishlog`ida tug`ilgan, dastavval kudunggarlik (matoni to`qmoq bilan urib tekislash) hunari bilan shug`ullangan, abbosiylarning etakchi sarkardalaridan biriga aylangan. Keyinchalik o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan va odamlarni o`zining g`ayrioddiy xislatlariga ishontirishga uringan.

Uning boshi kal, bir ko`zi ko`r, yuzi juda xunuk bo`lgani uchun yuzida oltin niqob taqib yurgan va shu taxlit “muqanna`” (niqobli) degan laqab olgan. O`zi esa “menda Allohning husni tajaliy etadi, agar yuzimni ochsam, uning nuri ko`zlaringizni ko`r qiladi” deb odamlarni ishontirgan.

Shu bois uni Marvdan Bag`dodga olib kelib, bir muddat zindonga tashlashadi. Zindondan chiqqach yana Marvga qaytib, odamlarni yo`ldan urishga, o`zining payg`ambarligiga ishontirishda davom etdi. Uning ta`limotiga ko`ra, Alloh dastlab Odam atoni yaratib o`zi uning tanasida zuhur etgan. Keyin uning ruhi Nuh, Ibrohim, Muso va boshqa payg`ambarlar jismga ko`chib o`tgan. “Ayni paytda Xudo menman” deb da`vo qila boshlagan.

Shundan so`ng u o`z atrofiga izdoshlarini to`plab, atrofdagi qal`a va shaharlarga elchilarini yuboradi. Uni tan olmaganlarga qarshi urush e`lon qiladi. Xuroson va Movarounnahrda uning tarafdorlari ko`paya bordi. Ular 777 yilda “Oq kiyimlilar” nomi ostida xalifaga qarshi isyon ko`taradilar. Muqanna Kesh va Naxshab (Qarshi va Shahrisabz) viloyatlarini o`zining tayanch maskanlariga aylantiradi. Shu erda, baland tog`dagi bir qal`ani o`ziga harbiy istehkom qilib belgilaydi.

Abbosiylar xalifasi Muhammad Al-Mahdiy(775-785) unga qarshi katta qo`shin jo`natadi. Biroq, Muqannaga ko`r-ko`rona bo`ysungan tarafdorlari tish-tirnog`i bilan musulmonlarga qarshi kurashadilar.

Narshaxiy, Tabariy, Beruniy singari buyuk olimlar Muqanna xalqning boshiga katta balolar solgani, buzuqlik va fahshni targ`ib qilgani, musulmonlarni talab, o`zlarini o`ldirgani haqida ma`lumotlar yozib qoldirishgan. Muqanna qaerda chiroyli ayol yoki qiz borligini eshitsa, o`z qal`asiga keltirar, ular bilan istagancha ko`ngilxushlik qilardi. Uning o`zi tobelari uchun zino, besoqolbozlik, talonchilik, bosqinchilik singari qabih ishlarga ruxsat bergandi.

Narshaxiyning guvohlik berishicha, Muqanna o`z tasarrufida bo`lgan har bir qishloqqa o`zining vakillarini tayinlar, shu qishloqda turmushga uzatilgan har bir bokira qiz bir kechani o`sha vakil bilan o`tkazishi majbur edi.

Muqanna haqidagi to`qima afsonalar turli viloyatlarga yoyilgan, ayrim sodda odamlar bu cho`pchaklarga laqqa tushib, uni ko`rmasdan imon keltirishardi.

Kunlarning birida Muqannaning yuzlab “muridlari” uning diydorini ko`rish umidida u yashaydigan tog` etagiga kelib, uni ko`rmoqchi ekanliklarini aytadilar. Muqanna o`z siri ochilib qolishidan qo`rqib, mulozimlariga “qullarimga chiqib ayt, ular mening nurimga toqat qilolmay, kul bo`lishadi” deb buyuradi. Ammo, odamlar “parvardigorlari”ni ko`rish uchun hatto o`limga ham rozi ekanlarini aytishadi. Shunda Muqanna “banda”larga ko`rinish beradigan kunni tayin qiladi. O`zi esa, o`sha belgilangan kunda qal`asidagi ayollarga tog`ning kungay tarafida turib, qo`llaridagi kumush ko`zgu parchalarini quyoshga tutib turishni buyuradi. Quyosh Sharqdan tushishi bilan uning nuri tog`da turgan ayollar qo`lidagi ko`zgu parchalarida aks aks etib, hammayoq charog`on bo`lib ketadi. Buni “ilohiy karomat” o`rnida qabul qilgan odamlar Muqannaga sajda qiladilar...

Tabiiyki, Muqanna tarafdorlarining kundan-kunga ortishi Abbosiylarni tashvishga solishi aniq edi. Ammo, Muqannaning tarafdorlari uning himoyasi uchun jonlaridan kechishga shay turishardi. 783 yilda Abbosiylarning Hirotdagi noibi Sa`id Xarashiy katta lashkar bilan Muqanna qal`asini qamal qiladi. Tog` tepasidagi qal`aga biror bir askar tirmashib chiqa olmas edi.

Biroq, uzoq vaqtlik qamalga dosh berolmagan Muqannaning ko`plab xos soqchilari qal`adan chiqib, arab musulmonlariga taslim bo`ladilar. Muqanna esa, qal`a ichida faqatayollar bilan qolgandi. Muqanna o`sha ondaavval ayollarini, keyin o`zini o`ldirishniniyat qiladi. U avvaliga xizmatkorlarigaqal`a ichidagi tandirga olov yoqib qizitishnibuyuradi. Uch kun tandir obdon qiziydi.

U ayollariga sharob tutib, ularga yashirinchazahar soladi. Faqat birgina ayol sharobniichmasdan yoqasining ichiga to`kib yuboradi. Ayollar sharobni ichishi bilan erga yiqiladi. Haligi ayol ham o`zini o`lganga soladi. Muqanna tirik qolgan xizmatkorini hamo`ldirib, o`zini qizib turgan tandirgatashlaydi.

Shunday so`ng haligi ayol qal`a eshigini ochib, musulmonlarni ichkariga kiritadi va bo`lganvoqealarni aytib beradi. Shu tariqa, xalqnio`n to`rt yildan ziyod vaqt mobaynida aldabkelgan Muqannaning firib va nayrangdaniborat hayoti intiho topadi.

Uning tarafdorlari uzoq vaqt musulmonlargaqarshi kurash olib borishadi. Chunki ularMuqannaning boshqa qiyofada qaytibkelishiga ishonishardi. Oradan yillar o`tib, Muqannaning fitnalari fosh bo`ldi. Tarixchilar uning qilmishlarini kelgusiavlodlarga ibrat bo`lishi uchun o`zkitoblarida yozib qoldirdilar.

Muqanna asrlar davomida dahriylik, murtadlik, makr va nayrang timsoli bo`libkeldi. Aniq manbalardan ko`rinibturibdiki, uning o`zi ham dastlab arablargaxizmat qilgan. Uning asl maqsadi xalqniarablar zulmidan ozod qilish emas, aksinchao`zining soxta dinini yoyish, odamlarnimakr-hiyla bilan o`ziga bo`ysundirish, hukmronligini mustahkamlash edi.

Rustam JABBOROV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1