AsosiyDunyo

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 180 kishiga etdi

'Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 180 kishiga etdi'ning rasmi

Yaponiyadagi Noto yarim oroli yaqinida bir qator kuchli zilzilalarda halok bo`lganlarning yana 20 nafar jasadi topildi. Shu tariqa qurbonlar soni 180 kishiga etdi. Bu haqda NHK telekanali Ishikava prefekturasi ma`lumotlariga tayanib xabar berdi.

Yana kamida 120 kishi bedarak yo`qolgan deb topildi. 28 ming aholi evakuasiya qilindi. Zilzilalardan eng ko`p Ishikava prefekturasi jabr ko`rgan, bu erda 1370 ta uy to`liq yoki qisman vayron bo`lgan. Mahalliy aholiga ichimlik suvi etishmaydi: ular buloq va daryo suvlarini qaynatishadi. Yaponiya hukumati jabrlanganlarga 32 million dollar yordam ko`rsatishni rejalashtirmoqda.

1 yanvardan beri Yaponiyada 1200 dan ortiq zilzila sodir bo`ldi. Eng kuchli zilzila magnitudasi 7,6 ballni tashkil qilgan. Bu 1885 yilda Yaponiya hukumati statistika yurita boshlaganidan beri bu mintaqa uchun eng kuchlisi edi. Seysmologlarning fikricha, erosti silkinishlari taxminan yana bir hafta davom etadi.

    Boshqa yangiliklar