AsosiyDunyo

"Biz falastinliklarning uylariga qaytishiga ruxsat bermaymiz!" Isroil shart qo`ymoqda

'"Biz falastinliklarning uylariga qaytishiga ruxsat bermaymiz!" Isroil shart qo`ymoqda'ning rasmi

Falastinliklarning G`azo shimoliga qaytishiga ruxsat berish Xamas bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo`yicha kelishuvning bir qismi bo`lishi kerak, deb hisoblaydi Axios Isroilning rasmiylariga tayanib.

“Agar garovga olinganlarni ozod qilish bo`yicha taraqqiyot bo`lmasa, biz falastinliklarning G`azo shimolidagi uylariga qaytishiga ruxsat bermaymiz”, dedi ulardan biri portalga.

Qayd etilishicha, Isroil rasmiylari bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni shu hafta Isroilga tashrifi chog`ida xabardor qiladi.

Isroillik muzokarachilarga ko`ra, falastinliklarning G`azo shimoliga qaytishi Isroil taslim bo`lishni istamaydigan muhim vositadir.

"G`azoda hamon isroillik va amerikalik garovga olinganlar bor. Biz ularni ozod qilish bo`yicha yangi kelishuv mumkinmi yoki yo`qmi, bir necha hafta ichida bilib olamiz deb o`ylaymiz", - dedi ikkinchi rasmiy.

Axios manbasiga ko`ra, Isroil va Qo`shma Shtatlar aholining shimolga qaytishi qisqa muddatda sodir bo`lmasligini tushunadi, chunki ayrim hududlarda janglar davom etmoqda. Ammo Isroil rasmiylari Blinkenga kelajakda falastinliklarning uylariga, agar iloji bo`lsa, xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan boshpanalarga qaytishi uchun AQSh va BMT bilan rejalashtirish jarayonini boshlashga tayyor ekanliklarini aytishlari kutilmoqda.

Portalning aniqlik kiritishicha, BMTning falastinlik qochqinlar bo`yicha agentligi ma`lumotlariga ko`ra, Isroil harbiy kampaniyasi natijasida anklav aholisining 85 foizi ko`chirilgan.

Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni Xamas Isroilga hujum qildi. 1,2 mingdan ortiq odam hujum qurboni bo`ldi, yana 240 kishi garovga olingan. Bunga javoban Isroil XAMASga qarshi harbiy operasiya boshladi.

    Boshqa yangiliklar