Samarqand viloyati Jomboy tumanida o`tkazilgan o`tkazilgan tezkor tadbirda xonadonlardan biridan giyohvandlik moddalari topilgan va musodara qilingan.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan Jomboy tumanida Eski Jomboy mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan A.A.ning yashash uyi va yordamchi xo`jalik xonalarida tintuv o`tkazilganda og`irligi 31 kilogramm 855 gramm bo`lgan marixuana giyohvandlik vositasi, 2 gramm opiy giyohvandlik moddasi va 2 dona psixotrop tabletka topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.DXX viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi 1991 yilga tug`ilgan R.A. hamda 1992 yilda tug`ilgan B.M. 198 dona «Zardeks» psixotrop dori vositasini mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






