“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekar kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan.
Turkiya qonunlari bo`yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qo`yilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga o`tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba`zan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportasiya) markazlariga o`tkazishadi va u erdan o`z vataniga jo`natishadi yoki ozod qilishadi.
"Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, Mubashshir Ahmadga qo`yilayotgan ayblov o`z isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportasiya) markazlariga o`tkazilgan domlani oradan shuncha kun o`tib ham tutib turishgani tushunarsiz bo`lib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir bo`lgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar ko`rilmoqda",deyiladi rasmiy xabarda.






