AsosiyDunyo

Ekvadorda taniqli mafioz qamoqxonadan qochdi. Mamlakatda favqulodda holat e`lon qilingan

'Ekvadorda taniqli mafioz qamoqxonadan qochdi. Mamlakatda favqulodda holat e`lon qilingan'ning rasmi

Los Choneros nomli qudratli mafiya guruhini boshqargan Fito laqabli Adolfo Masiyas Vilyamar qamoqxonadan qochib ketdi. U 12 yildan beri qamoqxonada saqlanayotgan edi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Vilyamarning kamerasi Guayakildagi qamoqxonaning bir qismida joylashgan bo`lib, qattiq qo`riqlanishi kerak bo`lgan.

Ekvador prezidenti Daniel Noboa shu holat sababli mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat e`lon qildi. Favqulodda holat davrida jamoat yig`ilishlari vaqtincha taqiqlandi, unda komendantlik soati amal qiladi.

"Narkoterror guruhlari bizni qo`rqitmoqchi va biz ularning talabiga bo`ysunamiz deb o`ylashmoqda. Ammo biz terrorchilar bilan muzokaralar olib bormaymiz va mamlakatda tinchlik o`rnatmagunimizcha tinchlanmaymiz", — dedi prezident Noboa.

35 yoshli Daniel Noboa o`tgan yilning oktyabrida bo`lib o`tgan prezidentlik saylovida g`alaba qozongan. Saylov kampaniyasi vaqtida nomzodlardan biri, sobiq jurnalist va mafiyaga qarshi kurashchi Fernando Vilyavisensio o`ldirilgan. Vilyavesensioga tahdid qilgan Los Choneros va Fitoning shaxsan bu qotillikka aloqadorligi gumon qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar