AsosiyJamiyat

Bolalarga mo`ljallangan nosog`lom oziq-ovqat va energetiklar reklamasiga cheklov kuchaytirilmoqda

'Bolalarga mo`ljallangan nosog`lom oziq-ovqat va energetiklar reklamasiga cheklov kuchaytirilmoqda'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`lim tizimida sog`lom ovqatlanishni ta`minlash, bunda bolalar va yoshlar o`rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra, bolalarga mo`ljallangan nosog`lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, ta`lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog`lar miqdori yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta`m va rang beruvchi qo`shimchalar ro`yxatini tasdiqlash va ularning iste`molini kamaytirish ko`zda tutilmoqda.

"Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to`g`ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiena qoidalari bo`yicha tavsiyalar to`plamini yaratish mo`ljallangan", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar