O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiev rahbarlik qiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
48 yoshli Sanjar Valiev shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo`yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
U nemis va ingliz tillarini biladi.
Sanjar Valiev 2019-2023 yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o`rniga tayinlandi.






