AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir, ayrim hududlarda esa qor yog`adi

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir, ayrim hududlarda esa qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda va cho`l hududlarda ertalab qor yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Surhondaryo viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar