AsosiyJamiyat

Farg`onada mashinalarni "s`yomka" qilgan ayolga tashlangan erkaklar javobgarlikka tortildi (video)

'Farg`onada mashinalarni "s`yomka" qilgan ayolga tashlangan erkaklar javobgarlikka tortildi (video)'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onada erkaklar mashinalarni videoga olgan ayolga tashlangani va uni haqorat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Mazkur harakatlarni qilgan erkaklar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuogt xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 9 yanvar kuni ayol va Toshloq—Farg`ona yo`nalishida taksichilik bilan shug`ullanuvchi haydovchilar o`rtasida janjal kelib chiqqan.

Ayolning Farg`ona shahar IIO FMBga qilgan murojaati o`rganib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudida chiqarilgan qarorga ko`ra, ikki nafar haydovchi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari, ya`ni 1 million 20 ming so`m miqdorida jarimaga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar