2024 yil 1 yanvardan boshlab bolalar uylari, mehribonlik uylari, bolalarni himoya qilish sho``balari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o`tkazildi. Bu Prezidentning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko`rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan amalga oshirildi, deya xabar qildi O`zA.
Shu paytga qadar Bolalar uylari Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qilish sho``balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida bo`lgan.






