AsosiyJamiyat

Sibir tog` echkisini ovlashda qonunbuzilish holati aniqlanmadi — Ekologiya boshqarmasi

'Sibir tog` echkisini ovlashda qonunbuzilish holati aniqlanmadi — Ekologiya boshqarmasi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yirik Sibir tog` echkisini ovlab, uning videosini instagramiga joylagan ovchi haqida xabarlar tarqalib, turli talqinlarga sabab bo`ldi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo`stonliq tumani bo`limi inspektorlari tomonidan o`rganilgan.

Qayd etilishicha, ovchi I.R. tomonidan Burchmulla davlat o`rmon xo`jaligiga tegishli N000014-sonli tog` echkisi (taka) uchun berilgan ruxsatnoma bilan 2023 yil 14 dekabr kuni 100 kg atrofida bo`lgan tog` echkisini o`ziga tegishli bo`lgan ov quroli bilan ovlaganligi aniqlangan.Ovlagan tog` echkisini ukasi, ovchi I.D. bilan birgalikda olib ketayotgan jarayonini ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

«Mazkur holat bo`yicha davlat inspektorlari tomonidan batafsil o`rganilib chiqilganda ov jarayonida barcha qonun va qoidalarga rioya qilinganligi hamda qonunbuzilish holati kuzatilmaganligi aniqlandi», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar