7 noyabr kuni Toshkentda bolalar va o`smir futbolchilar murabbiylari uchun o`quv kurslari tashkil etilgandi. Ushbu kurs yakunida, bugun 11 noyabr kuni, O`FFning sun`iy qoplamali maydonida bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.
Festivalda umumiy o`rta maktablarda tahsil oladigan 8 – 12 yoshli bolalar va qizlar ishtirok etdi. Bolalar va qizlar FIFA seminari ishtirokchilari bo`lgan murabbiylar o`rgatgan turli mashqlar, futbol elementlarini bajarishdi.
Ta`kidlash kerakki, yosh futbolchilarga O`zbekiston milliy terma jamoasi sobiq a`zolari – Temur Kapadze, Anvar G`ofurov, Viktor Karpenko hamda Ulug`bek Baqoev mahorat darslari o`tib berdi.
Festival yakunida bolalar o`zbek futboli yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi, ulardan dastxat va sovg`alar olish imkoniga ega bo`lishdi.





