Xalqaro Sud Isroilni genosid va urush jinoyatlarida ayblagan Janubiy Afrikaning da`vosini ko`rib chiqishni boshladi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Mamlakat uzoq vaqtdan beri Isroilning falastinliklarga nisbatan munosabatini tanqid qilib kelayotgan edi. Prezident Kiril Ramafosa esa bu murojaatni Janubiy Afrikaning prinsipial pozisiyasi deb atadi.
Janubiy Afrika, shuningdek, Isroilni mintaqadagi harbiy harakatlarni darhol to`xtatishga majbur qiladigan vaqtinchalik sud qarorini talab qildi. Va bu masala bo`yicha qaror bir necha hafta ichida qabul qilinishi mumkin. Biroq Isroil buni amalga oshirishiga kafolat yo`q.






