AsosiyJamiyat

Rossiyadagi YTHda 7 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

'Rossiyadagi YTHda 7 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi'ning rasmi

11 yanvarga o`tar kechasi Rossiyaning Penza oblasti Nijnelomovskiy rayonida Volvo rusumli yuk mashinasi hamda miniven o`rtasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Natijada ikki kishi jarohatlangan va O`zbekiston fuqarosi bo`lgan etti kishi halok bo`lgan.

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabariga ko`ra, Qozon shahridagi Bosh konsulxona hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tomonidan tan jarohat olgan fuqarolarga va marhumlarning jasadlarini O`zbekistonga jo`natishda kerakli amaliy yordam ko`rsatilmoqda va joylarda kerakli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 238-moddasi 3-bandi (iste`molchilar xavfsizligi va sog`lig`ini ta`minlash talabiga javob bermaydigan ravishda xizmat ko`rsatish va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ko`p odamlarning o`limiga sababchi bo`lish) asosida jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan Rossiyaning Penza oblastidagi YTHda halok bo`lgan va jabrlangan o`zbekistonliklarni tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar