“O`zgidromet” 13 yanvar, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, cho`l hududlarda kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
- Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
- Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
- Harorat kechasi 2-7 draja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.






