AsosiyDunyo

Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o`zbekistonlik ikki ayol Istanbulda ushlandi

'Odam savdosida gumonlanib qidiruvga berilgan o`zbekistonlik ikki ayol Istanbulda ushlandi'ning rasmi

Turkiya va O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2018 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan, 1985 y.t., DILNOZA UMAROVA va 2017 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo`lgan 1983 y.t., MAVLUDAXON ULMASOVA joriy yilning 10 yanvar kuni Istanbul shahrida qo`lga olindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`raladi.

Jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta`minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar