AsosiyJamiyat

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi

'Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida fuqaro vafot etdi'ning rasmi

Avvalroq, "Toshkent — Istanbul" reysidagi samolyot favqulodda Anqaraga qo`ngani haqida xabar bergan edik. 

O`rganilgan ma`lumotlarga ko`ra, 1946 yilda tavallud topgan O`zbekiston fuqarosi X.T.  davom etib kelayotgan surunkali kasallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga kelayotganligi, biroq aviaparvoz chog`ida bemor sog`lig`i yomonlashganligi va yurak xuruji boshdan kechirganligi o`rganildi. Ekipaj hamda yo`lovchilar hamrohligida birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan hamda yurak pulsining to`xtashi kuzatilgach, tibbiy ko`nikmaga ega bo`lgan kishilar tomonidan yurak massaji qilingan. Biroq muolaja sa`y-harakatlarga qaramasdan fuqaroning hayotini saqlab qolisholmagan. 

"O`zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi tomonidan vatandoshimizga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatilganligini hamda marhum jasadining 12 yanvarda O`zbekistonga jo`natilishi ta`minlanganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar