O`zgidromet xabariga ko`ra, ertaga, 13 yanvar kuni O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi, yakshanba kuni esa antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati shimolda kechasi -5...0 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi.
Ushbu antisiklon asosan O`zbekistonning shimoliy hududlariga ta`sir etadi. Dam olish kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.
Dam olishi kunlari harorat kechalari +2...+7 daraja, kunduz kunlari +10...+15 daraja atrofida bo`ladi. Yakshanaba kuni kechasi va kunduzi -10...-5 darajagacha pasayadi.
Shu kunlarda tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. 13 yanvarada ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.
Toshkentda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi kuzatiladi, shamol o`rtacha tezlikda esadi, 13 yanvarda 12-15 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat +5...+7 daraja, kunduzi +12...+15 daraja atrofida bo`ladi.






