AsosiyJamiyat

Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi

'Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi'ning rasmi

“Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma`lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2024 yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o`zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo`lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma`lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma`lumotlarning yagona ro`yxati tasdiqlandi.

Hujjatga ko`ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha “tadbirkorlik sub`ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▫️2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
▫️2027 yil 1 yanvardan kichik va o`rta tadbirkorlik sub`ektlari uchun – majburiy;
▫️2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

    Boshqa yangiliklar