AsosiyDunyo

Endi Ukrainada nogironlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi

'Endi Ukrainada nogironlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi'ning rasmi

Ukraina Oliy Radasi deputati Fyodor Venislavskiyning aytishicha, safarbarlik to`g`risidagi qonun loyihasiga o`zgartirishlar kiritiladi, jumladan, nogironlarni harbiy xizmatga chaqirish taklifi chiqarib tashlanadi. Bir kun avval “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya hujjat qaytarib olingani va qayta ko`rib chiqish uchun yuborilganini ma`lum qilgandi.

“Biz allaqachon aytishimiz mumkinki, qonun loyihasiga o`zgartirishlar kiritiladi. Nogironlarni safarbar qilish, mahalliy hokimiyatlarning safarbarlik masalalarida o`z ixtiyori va inson huquqlariga jiddiy cheklovlar qo`yilmaydi”, dedi Venislavskiy Politico nashriga.

Avvalroq Ukraina inson huquqlari bo`yicha ombudsman Dmitriy Lyubinets qonun loyihasining ayrim bandlari mamlakat Konstitusiyasiga zid ekanini aytgan edi. Hujjatda, jumladan, harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha qisqartirish, uchinchi sog`liqni saqlash guruhi nogironlarini safarbar qilish va boshqa mamlakatlardagi ukrainaliklar harbiy ro`yxatga olish hujjatlarisiz ba`zi konsullik xizmatlarini olishini taqiqlash qoidalari ham kiritilgan.

Bir kun avval Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov qonunning yakuniy tayyorlanishi va yaqin orada hukumat tasdig`iga taqdim etilishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar