“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° iliq, shimolda 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.






