AsosiyDunyo

BMT 2024 yil rekord darajadagi 2023 yildan issiqroq bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi

'BMT 2024 yil rekord darajadagi 2023 yildan issiqroq bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi'ning rasmi

2023 yil tarixdagi eng issiq yil bo`ldi – o`tgan yili iyundan dekabrgacha har oyda yangi harorat rekordlari o`rnatildi, biroq 2024-yil yanada issiq bo`lishi kutilmoqda. Jahon meteorologiya tashkilotining 12-yanvar kuni e`lon qilingan 2023 yil yakunlari bo`yicha hisobotida xabar qilinishicha, El-Nino iqlim hodisasi tufayli bu tendensiya 2024-yilda ham davom etishi mumkin. 

JMT Evropaning Copernicus meteoxizmati ma`lumotlarini tasdiqladi, unga ko`ra 2023-yil kuzatuvlar olib borilayotgan 1850-yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil bo`ldi. Tashkilot rahbari Seleste Saulo El-Nino tufayli 2024 yilda yangi harorat rekordlari kutilayotgani haqida ogohlantirdi. 

"El-Nino odatda global haroratga eng katta ta`sir ko`rsatishi va 2023-yilda eng yuqori cho`qqiga chiqqani uchun 2024-yil yanada issiqroq bo`lishi mumkin", deb tushuntirdi u.

Bir nechta tan olingan institutlar tomonidan olingan ma`lumotlarga asoslangan JMT hisobotiga ko`ra, o`tgan yili o`rtacha global harorat sanoatdan oldingi davrga (1850-yildan 1900-yilgacha) nisbatan 1,45 darajaga yuqori bo`lgan. Ayni paytda, 9-yanvar kuni e`lon qilingan Copernicus ma`lumotlariga qaraganda, o`rtacha global harorat 1,48 darajaga yuqori bo`lgan. 

Aytib o`tish lozimki, iqlim o`zgarishining falokatli oqibatlarini oldini olish uchun jahon hamjamiyati 2015 yilda Parij kelishuvini tuzdi, unga ko`ra global isish ikki darajadan, eng yaxshi holatda - sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan oshmasligi kerak. 

Amerikaning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi hisob-kitoblariga ko`ra, 2023 yilda Er yuzasidagi o`rtacha global harorat butun yigirmanchi asrdagi o`rtacha ko`rsatkichdan 1,18 darajaga yuqori bo`lgan. JMT rahbari Saulo iqlim o`zgarishini insoniyat uchun eng katta muammo deb atadi.

    Boshqa yangiliklar