AsosiyJamiyat

Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo`lish masalasi ko`rib chiqiladi

'Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo`lish masalasi ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi hamkorligida mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo`layotgan holatlarning muhokamasi o`tkazildi.

Unda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i O`.O`taev ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 85 mln. tupdan ortiq daraxt ekilganligi, Orol dengizining qurigan tubida 1,8 million gektar maydonda yoki birgina Surxondaryoda qurg`oqchilikka chidamli 3 mln. tup o`simliklardan iborat yashil hududlar barpo etilganligi aytib o`tildi. 

 

Shuningdek,  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi ma`lumotlar va ularning sabablariga to`xtalib, shaharida sun`iy ko`llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketganligi, mintaqada suv tanqisligi sabab cho`llashishning kengayib borayotganligi, avtotransport vositalari, yoqilg`i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan  foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo`yilmayotganligi, atmosferaga me`yoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganligiga urg`u berdi.

 

Yig`ilish yakuni bo`yicha Atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo`lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Evro-4”ga ko`tarish, sanoatda ko`mir yoqilg`isidan voz kechish va shu kabi ko`plab takliflarni ishlab chiqish va realizasiya qilishga kelishildi. 

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi havo ifloslanishini avtomatik usulda monitoring qilishga mo`ljallangan zamonaviy HORIBA stansiyalari bilan ta`minlangan bo`lib, havo ifloslanishi bo`yicha rasmiy ma`lumotlarni e`lon qilib boradi. Havo ifloslanishi bo`yicha ma`lumotlar bilan ishlashda rasmiy manbaalardan foydalangan holda norasmiy manbaalarga tayanmaslik tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar