AsosiyMutolaa

Inson va hayvon

'Inson va hayvon'ning rasmi

Nizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostonidagi bir hikoyat bor: O`tmishda bir zolim hukmdor yashab o`tgan edi. U qonxo`rlik, jabr-zulmda haddidan oshgan edi. Uning saroyida maxsus qafaslarda odamxo`r itlar ham boqilar, kim ko`ziga yomon ko`rinsa, ana shu vahshiy jonzotlarning oldiga tashlar, itlar bu sho`rlikni bir zumda tilka pora qilishardi. 

Podshohning bir g`ulomi har doim itlarga qarash bilan band edi. Itlar ham unga o`rganib qolishgan, undan boshqa hech kimni yaqin yo`latishmasdi. Nima bo`ldi-yu, uning qaysidir bir ishi podshoni ranjitdi. Hukmdor uning o`zini ham o`sha vahshiy itlar qafasiga tashlashni buyurdi. 

Ertasi kuni shoh gunohkorning g`ajilgan suyaklarini ko`rib huzur qilish uchun itlarning qafasi tomon yurdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, g`ulom itlar qafasida soppa-sog` o`tirar, vahshiy jonzotlar esa, xuddi beozor mushuk singari uning pinjiga kirishgan edi. Podshoh bu holning sababini so`radi. Shunda g`ulom o`rnidan turib “Podshohim, shuncha yil xizmatingizni qilib, sizdan ko`rgan ro`shnoligim shu bo`ldi. Meni itlarga em qilmoqchi bo`ldingiz. Itlar esa, mendan ko`rgan g`amxo`rligi tufayli menga zarracha ozor etkazmadi va ko`rib turganingizdek men sog`-salomatman”...

Qissadan hissa shuki, yaxshilikni bilmaydigan, beandisha, noinsof odamlardan ko`ra vahshiy hayvon a`loroqdir. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar