Yaponiyaning Suvanose orolida vulqon otildi. Yaponiya meteorologiya agentligi xavfning uchinchi darajasini e`lon qildi. Vulqonga 2 kilometrdan kam masofada yaqinlasha olmaysiz, deb xabar bermoqda “NewTimes.kz” axborot agentligi.
Suvanose orolida vulqondan 4 km uzoqlikda joylashgan qishloqda 80 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Orolning o`zi Kagosima shahridan 270 kilometr uzoqlikda joylashgan. Vulqon natijasida qurbonlar haqida ma`lumot berilmagan. Ma`lumot to`plash uchun inqiroz shtab-kvartirasi yaratilgan.
1 yanvardan beri Yaponiyada 1200 dan ortiq zilzila sodir bo`ldi. Ulardan biri oqibatida kamida 560 kishi turli darajada tan jarohati oldi, favqulodda xizmatlar 195 nafar aholining qaerdaligini haligacha aniqlay olmayapti. O`lganlar soni 160 dan ortiq kishini tashkil etdi.






