Kanadaning Immigrasiya, qochqinlar va fuqarolik vaziri Mark Miller CTV News telekanaliga bergan intervyusida yaqin bir necha oy ichida uy-joy tanqisligini bartaraf etish uchun mamlakatda yashovchi xalqaro talabalar sonini cheklash masalasini ko`rib chiqishini aytdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Telekanal ta`kidlaganidek, Kanada hukumati mamlakat uy-joy taqchilligi muammosiga duch kelgan bir paytda ko`proq muhojirlarni qabul qilgani uchun tanqidga uchradi. Intervyuda Miller mamlakatda istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar soni juda ko`p va tizim “nazoratdan tashqarida” ekanini aytdi.
Vazir xorijlik talabalar sonini qanchaga qisqartirish rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritmagan.






