AsosiyJamiyat

Jizzaxda nosozlikni sozlash uchun sim yog`ochga chiqqan elektrmontyor tok urib vafot etdi

'Jizzaxda nosozlikni sozlash uchun sim yog`ochga chiqqan elektrmontyor tok urib vafot etdi'ning rasmi

Jizzaxda elektr ta`minoti korxonasi elektrmontyori tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2024 yil 13 yanvar kuni Baxmal tumani, “Uyluqma” qishlog`ida yashovchi 1976 yilda tug`ilgan, Baxmal tumani elektr ta`minoti korxonasida elektrmontyor sifatida ishlovchi U.T. Baxmal tumani,“Sartyuzi” qishlog`i hududida sim yog`ochga chiqqan vaqtida tok urib vafot etgan.

Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiriuvda hodisa sodir bo`lgan joyga marhum T.U. hamkasbi B. J. bilan birgalikda borganligi aniqlangan. Marhum T.U. va fuqaro J.B.lar Baxmal tumani elektr ta`minoti korxonasini Oyqor QFY hududiga mas`ul xodimlar bo`lib, 13 yanvar kuni Oyqor QFY hududida elektr ta`minoti uzilib qolganligi uchun ular ushbu nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini olib borayotgan bo`lgan.

Marhum T.U. sudga oid tibbiyot ekspertizasidan o`tkazilib, marhum T.U.ning o`limi tananing elektr toki urishi va yonishi” oqibatida yuzaga kelganligi ko`rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvolib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar