AsosiyJamiyat

Samarqandda YPX xodimini kaltaklagan aka-uka qamaldi

'Samarqandda YPX xodimini kaltaklagan aka-uka qamaldi'ning rasmi

Shu yilning 22 avgust kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida fuqaro va inspektor o`rtasida kelib chiqqan nizo janjalga aylanib ketgan, inspektor engil tan jarohati olgan. 

Hodisaga fuqaro Nodir Qayumov (ismlar o`zgartirilgan) boshqarib kelayotgan Labo rusumli avtomashina o`sha joyda xizmat o`tayotgan inspektor tomonidan to`xtatilib, hujjatlar so`ralgan, 23 yoshli Nodir esa hujjatlarni taqdim etmasdan, mashinani qulflab ketib qolgani sabab bo`lgan.

Inspektor mashinani jarima maydonchasiga olib ketish uchun evakuator chaqirgan paytda Nodirning akasi Bahodir Qayumov etib kelib mashinani olib ketishga uringan. Inspektor undan tegishli hujjatlarni so`raganida esa haydovchi mashinaga o`tirib, uni ichkaridan qulflab olgan.

Haydovchining ko`rsatgan faol qarshiligi ortidan ikki o`rtada nizo kelib chiqqan va Bahodir ukasi Nodirga qo`ng`iroq qilib, YPX xodimlari uni urayotganini aytib, yordamga chaqirgan. Yog`och tayoq va tosh bilan qurollangan uka etib kelgan va nizo janjalga aylanib ketgan, natijada inspektor engil tan jarohati olgan.

Samarqand viloyati IIB Matbuot kotibi Jahongir Sagdullaevning Darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, mazkur holat bo`yicha bo`lib o`tgan sud majlisida sudlanuvchi Bahodir inspektor unga nisbatan elektroshoker ishlatgani va u ukasini yordamga chaqirganini aytgan. O`sha kuni xizmat olib borgan inspektorning sherigi sudda aytishicha, uka yordamga 5 kishi bo`lib kelgan va barchasining qo`lida tosh bo`lgan.

Nodir qo`lidagi tayoq bilan YPX xodiminini urganida tayoq sinib ketan. Shuningdek, uning qo`shimcha qilishicha, Bahodir hamkasbining bo`ynidan bo`g`ishga harakat qilayotganida uch marta ogohlantirish bilan elektroshoker ishlatgan.

Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, aka-uka Qayumovlarning har ikkisi ham o`rta maktabda o`qituvchi hisoblanadi.

Sud Nodir Qayumovga nisbatan uzil-kesil 3 yil bir oy muddatga, Bahodir Qayumovga nisbatan esa bir yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

    Boshqa yangiliklar