AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlari e`lon qilindi

'O`zbekiston bo`ylab hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlari e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tog`li hududlarda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Cho`l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduzi 3o sovuq-2o iliqni, shimolda 3-8o sovuqni tashkil etadi.

Ertaga faqat respublikaning markaziy, sharqiy va tog`li hududlarida yomg`ir va qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik bo`lishi saqlanib turadi. O`zbekistonning qolgan hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko`pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5o sovuqqacha pasayadi, kunduzi

2-7o iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 8-13o sovuq, kunduzi 0-5o sovuq bo`ladi.

15-16 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. O`zbekiston bo`yicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 3o sovuq-2o iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 8-13o iliqqacha asta-sekin ko`tarilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 15 yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1o sovuq-1o iliq bo`ladi.

16 yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 2-4o iliq bo`ladi.

17-18 yanvar kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17 yanvarda kechasi 1-3o sovuq, kunduzi 6-8o iliq, 18 yanvarda kechasi 1o sovuq-1o iliq, kunduzi 8-10o iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar