Yakshanba kuni Islandiya janubi-g`arbidagi Grindavik shahri shimolidagi Reykyanes yarim orolida vulqon otilishi boshlandi.
Islandiya radiosining xabar berishicha, vulqon otilishidan oldin qator kichik zilzilalar sodir bo`lgan. Vulqon otilishidan biroz oldin Islandiya fuqarolik mudofaasi xodimlari shahar aholisini evakuasiya qilgan.
Xabarga ko`ra, lava oqimi allaqachon shakllangan va ortib bormoqda, biroq lava qaysi tomondan otilayotganini hozircha aniqlashning imkoni yo`q. Vulqon natijasida yuzaga kelgan erdagi yoriq ham oshib bormoqda.
Islandiyaning Grendavik shahri yaqinida otilgan vulqon aholi turar joylarigacha bostirib kelgan va yong`inlarga sabab bo`lmoqda. Shaharcha aholisi evakuasiya qilingan.






