Evropa qit`asidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi 4-turida Ispaniya terma jamoasi o`z maydonida Makedoniya futbolchilari bilan o`zaro bahs yuritdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda "qizil furiya" 4:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Vitolo, Monreal va Aduris mualliflik qildi. Yana bitta golni Velkoski o`z darvozasiga yo`llab qo`ydi.
Ispaniya – Makedoniya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 34, avtogol Velkoski, 2:0 – 63 Vitolo, 3:0 – 84 Monreal, 4:0 – 85 Aduris.
Ispaniya – De Xea, Nacho, Monreal, Karvaxal, Bartra, Alkantara, Buskets, Vitolo (Kalexon, 87), Koke (Isko, 72), Silva, Morata (Aduris, 60).
Makedoniya – Dimitrievski, Ristevski, Alioski, Ristovski, Moysov, Spirovski (Juta, 60), Xasani (Jorjev, 87), Bardi, Pandev, Nestorovski (Ibraimi, 82), Velkoski.
Ogohlantirishlar: Alioski (90).





