AsosiyJamiyat

Endi vazir o`rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo`lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi

'Endi vazir o`rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo`lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi'ning rasmi

Ayni vaqtda Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy ko`rib chiqilishi ta`kidlandi.

O`tgan yili iqtisodiy o`sish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi. Ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi ko`rsatib o`tildi.

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar o`rinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga mas`ullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik etishmayapti. Ayrim rahbar o`rinbosarlari o`ziga mas`uliyat olmasdan, mudrab o`tirgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tizimni qayta ko`rib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi o`rinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish bo`yicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va o`rinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, o`rinbosarlariga mas`uliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. So`rov ham shunga yarasha qattiq bo`ladi.

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko`rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog`lanadi.

Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda o`ziga katta mas`uliyat va javobgarlik oladi.

Endi vazir o`rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo`lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.

 Belgilangan rejalarga erishish ustidan qat`iy nazorat o`rnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada Hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda ko`rib chiqiladi.

 

    Boshqa yangiliklar