AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi

'O`zbekistonda “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi'ning rasmi

“Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 15.01.2024 y.) qabul qilindi  

Quyidagilar respublikamizda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yo`nalishlari etib belgilandi, xususan:

jinoyatchilik, shu jumladan latent jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

jinoyatning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari tizimini belgilash, kriminologik faoliyatga sun`iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etib borish.

Institut (https://t.me/huquqiyaxborot/15234) kriminologiya sohasi bo`yicha tayanch ilmiy tashkilot hisoblanadi hamda kriminologik faoliyatni ekspertlik va ilmiy ta`minlash ishlarini vakolati doirasida muvofiqlashtiradi.

Institutning ilmiy tarkib lavozimlari yuridik, psixologiya, sosiologiya, pedagogika, texnika, iqtisodiyot, tibbiyot va geografiya sohalari bo`yicha ilmiy darajaga ega bo`lgan kadrlar bilan jamlanadi.

Institutga ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan etakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega mutaxassislarni 1 yilgacha muddatga jalb etish va mehnat bozori kon`yunkturasini inobatga olgan holda ularning mehnatiga haq to`lash miqdorini belgilash huquqi beriladi.

2024 yil 1 iyulgacha ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” moduli yaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar