Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani ko`rsatib o`tildi. Bu haqda Prezident yig`ilishda aytdi.
Inspeksiya faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgani, profilaktika bilan esa ishi yo`qligi, tizimida korrupsiya ulushi yuqoriligi tanqid qilindi.
Byudjet mablag`ini taqsimlash ham, uni nazorat qilish ham bitta vazirlikda bo`lishi noto`g`ri ekani ta`kidlandi.
Shu bois Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ham Bosh prokuratura Departamentiga o`tkaziladi.
Shu bilan birga Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng ko`p mablag` oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilishi belgilandi.
Umuman, Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va byudjet mablag`larini to`g`ri sarflanishi uchun javobgar bo`ladi.
16.01.2024 13:42
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz. Faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgan — Prezident






