O`tgan yilda inflyasiya 9 foizdan pasaydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lekin ko`plab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi bo`lganidan so`ng, “qo`l boshqaruvi” bilan hal bo`layotgani qayd etildi.
Masalan, narx qimmatlagani uchun 61 turdagi iste`mol mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi.
Lekin, joylardagi iqtisod bo`yicha hokim o`rinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot bo`limlari rahbarlari ushbu mahsulotlarni o`zimizda ko`paytirish orqali inflyasiyani jilovlashni o`ylamayotgani tanqid qilindi.
Farg`ona, Jomboy, Elliqqal`a, Parkent tumanlari va Yangiyo`l shahrida mol go`shti, Konimex, Oltinko`l, Bo`ston tumanlari va Zarafshon shahrida tuxum narxi oshganiga ushbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab o`tirgani qayd etildi.
Bosh vazirga ushbu tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini ko`rib chiqish topshirildi.
16.01.2024 14:03
2023 yilda inflyasiya 9 foizdan pasaydi






