Hukumatning "Umumta`lim fanlari bo`yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to`g`risida"gi qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.
Unga ko`ra, Endi test natijalari xalqaro metodologiya - "Rash" modeli bo`yicha hisoblab chiqiladi. Unga koʼra A+, A, B+, B, C+ va C darajali sertifikatlar beriladi:
• 70 balldan yuqori balla uchun A+ darajasi;
• 65-69,9 ball uchun A darajasi;
• 60-64,9 ball uchun B+ darajasi;
• 55-59,9 ball uchun B darajasi;
• 50-54,9 ball uchunC+ darajasi;
• 46-49,9 ball uchun S darajasi.
Bunda A+ va A darajasidagi sertifikatga ega bo`lgan abiturientlar universitet bakalavriatiga o`qishga kirishda tegishli fan bo`yicha test sinovlari bo`yicha maksimal ball oladi.
Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo`lgan abiturientlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar my.gov.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Ishtirok etish to`lovi o`zgarishsiz qoldi — 1,5 BHM.






