AsosiyJamiyat

Benzin aksiz solig`idan ozod qilinishiga qaramay o`tgan yil davomida o`rtacha 19 foizga qimmatladi — Shavkat Mirziyoev

'Benzin aksiz solig`idan ozod qilinishiga qaramay o`tgan yil davomida o`rtacha 19 foizga qimmatladi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Davlat rahbari videoselektorda inflyasiya haqida gapirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Mutasaddilarga o`tgan yil boshida benzin bo`yicha etarli zaxira qilish topshirig`i berilgan. Narx oshmasligi uchun benzin bir yil davomida aksiz solig`idan ham ozod qilingan edi. Shunga qaramay, benzin o`tgan yil davomida o`rtacha 19 foizga qimmatladi.

Bu – transport xarajatlari qimmatlashib, ishlab chiqarish va eksportda tannarx oshdi, degani.

Takror va takror aytaman. Inflyasiya – aholi va biznes daromadlari uchun soliq. Uni jilovlamasak, kambag`allik kamaymaydi, iqtisodiy o`sish bo`lmaydi" - dedi Shavkat Mirziyoev.

Kelgusi yilda butun dunyoda oziq-ovqat narxlari oshishi ehtimoli yuqori. Mahsulotlar inflyasiyasini faqat oziq-ovqatni ko`paytirish orqali jilovlash mumkinligi ko`rsatib o`tildi.

Davlat rahg`barining ma`lum qilishicha, endilikda har yili mahsulotlarni ko`paytirish bo`yicha maxsus hukumat qarori qabul qilinadi. Har bir tarmoq vaziriga narx barqarorligini ta`minlash bo`yicha KPI belgilanadi. Har haftada Hukumat yig`ilishidagi birinchi masala inflyasiyani jilovlashga bag`ishlanadi.

    Boshqa yangiliklar