AsosiyJamiyat

Endi hokimlar kredit samarasiga shaxsan javob beradi

'Endi hokimlar kredit samarasiga shaxsan javob beradi'ning rasmi

Yig`ilishda bank tizimi barqarorligini ta`minlash hamda kredit foiz stavkalarini tushirish masalalariga to`xtalib o`tildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2-3 foizga tushirish muhimligi qayd etildi.

Banklar resurs yo`qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o`rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishni o`zidan 25 trillion so`mlik kreditga resurs topsa bo`ladi.

Masalan, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryoda muammoli kreditlar ulushi 10 foizga etgan.

Tarmoq rahbarlari, hokimlar 9 trillion so`m kreditlar hisobiga ishga tushgan 2 ming 342 ta loyiha past quvvatda ishlayotganini tahlil qilib, ularning muammolarini hal qilishda ko`maklashmayotgani tanqid qilindi.

Endilikda Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman kredit olgan korxonalarning to`liq quvvatda ishlab ketishiga ko`maklashadi.

Hokimlar, banklar kredit berishdan oldin loyiha qancha ish o`rin yaratishi, byudjetga qancha tushum bo`lishini hisob-kitob qilish tizimiga o`tadi va samarasiga shaxsan javob beradi.

 

    Boshqa yangiliklar