AsosiyJamiyat

Chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og`ir, kam ish haqi to`lanadigan mehnat bilan shug`ullanmoqda — Prezident

'Chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og`ir, kam ish haqi to`lanadigan mehnat bilan shug`ullanmoqda — Prezident'ning rasmi

Bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati ham talab darajasida emasligi ta`kidlandi. 

Masalan, hozirda chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og`ir, kam ish haqi to`lanadigan mehnat bilan shug`ullanmoqda.

Evropa, Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan juda katta kelishuvlar doirasida 150 mingta ishchiga buyurtma berilgan bo`lsa-da, bor-yo`g`i 9 ming ishchi yuborildi. 

Shu munosabat bilan tashqi mehnat migrasiyasi tizimidagi ishlarni lozim darajada tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish o`rinlarini yaratish va aholini kasbga o`qitish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etib, 100 ming ishchiga kasb-hunar va til o`rgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasi qo`yildi.

Ayni paytda yig`ilishda iqtisodiy kompleks hamda hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar