AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi delegasiyasini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 yanvar kuni Evropa Ittifoqining Evropa komissiyasi vise-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegasiyasini qabul qildi.

Suhbat avvalida Evroittifoqning yuqori martabali vakili EI va O`zbekiston o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, davlatimiz rahbariga Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Evrokengash raisi Sharl Mishelning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

EI bilan ko`p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Keyingi yillarda hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning O`zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo davlatlari va Evroittifoq rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o`zaro bog`liqlik bo`yicha Samarqand konferensiyasi muvaffaqiyatli o`tkazildi.

EI va Markaziy Osiyo o`rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo`yicha qo`shma “yo`l xaritasi” amalga oshirilmoqda. “Markaziy Osiyo - EI” birinchi sammitini O`zbekistonda tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Yanvar oyi oxirida Bryusselda ikki mintaqaning transport-kommunikasiyaviy o`zaro bog`liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik Investorlar forumi bo`lib o`tadi.

O`zbekiston va EI mamlakatlari o`rtasidagi savdo jadal o`sib bormoqda, o`tgan yili uning hajmi 30 foizga oshdi.

Evropaning etakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlarda yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. EIning O`zbekiston uchun savdo preferensiyalari amal qilish muddati uzaytirildi.

Dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afg`onistonga gumanitar yordam ko`rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar